Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Zidanning yubiley o‘yinida zafar quchdi. Krishtianu Primeradagi ilk golini urdi
Ispaniya chempionatining 8-turida «Real» safarda «Xetafe» mehmoni bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim mehmonlarning biroz tashabbusi ostida o‘tdi. Ular 39-daqiqada buni golga aylantira olishdi. Ronaldu oshirgan to‘pni egallab olgan Benzema darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, pastki burchakni aniq nishonga oldi.
Ikkinchi bo‘limni «Real» yanada faol boshladi. 53-daqiqada Marselo hisobdagi farqni oshirishi mumkin edi. Uning uzoq masofadan yo‘llagan aniq zarbasini darvozabon Guaita mahorat ko‘rsatib, qaytara oldi.
56-daqiqada «Xetafe» kutilmaganda hisobni tenglashtirdi. Tezkor qarshi hujumda, o‘ng qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni, Molina ikki himoyachi orasidan darvozaga aniq yo‘lladi.
Shundan so‘ng, «Real» katta kuch bilan oldinga o‘tdi. Ammo, g‘alaba keltiruvchi gol o‘yin oxirida urildi.
85-daqiqada Isko tomonidan oshirilgan ajoyib pasdan so‘ng, Ronaldu o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib keldi va aniq zarba bilan darvozabonni dog‘da qoldirdi. Bu Krishtianuning Ispaniya chempionati joriy mavsumidagi ilk goli bo‘ldi.
Natijada, «Real» bu g‘alaba bilan bosh murabbiy sifatida 100-o‘yinni o‘tkazayotgan Zidanga o‘ziga xos sovg‘a tortiq qildi.
Bu yutuqdan so‘ng, «Real» 17 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. Bir o‘yin kam o‘tkazib, 21 ochko jamg‘argan «Barselona» chempionatda peshqadamlik qilmoqda.
Ispaniya chempionati, 8-tur
Xetafe – Real Madrid 1:2
14 oktabr, «Alfonso Peres» stadioni
Gollar: 0:1 – 39 Benzema, 1:1 – 56 Molina, 1:2 - 85 Ronaldu.
Xetafe – Guaita, Kala, Dakonam, Antunesh, Suares, Bergara, Fajr, Arambarri, Alvaro (Portilo, 15), Molina, Dediu (Lasen, 68).
Real Madrid – Kasilya, Marselo (Teo, 72), Ramos, Xakimi, Nacho, Kroos, Lorente, Vaskes (Isko, 72), Asensio, Benzema (Mayoral, 81), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Arambarri (34), Kroos (48), Nacho (58).
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025