O‘zbekiston | 13:30 / 15.10.2017
7319
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Javod Zarif bilan uchrashuv o‘tkazadi

16-18 oktabr kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, tashrif dasturidan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, vitse-prezident Suren Sattoriy, tashqi ishlar vaziri Javod Zarif va Eronning boshqa davlat tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etadi va istiqbolli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 13 mart kuni Toshkentda 5 marta o‘tkazilgan o‘zbek-eron vazirliklararo o‘zaro maslahatlashuv tadbiri o‘tkazilgandi.Unda Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi rahbari sifatida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ibrohim Rahimpur ishtirok etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid