Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDR bilan jang qilmoqchi emas
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR bilan harbiy konfrontatsiyaga qarshi chiqmoqda va Pxenyanning yadro dasturi muammosini diplomatik yo‘l bilan hal qilmoqchi. Mamlakat bosh kotibi Reks Tillerson CNN telekompaniyasi efirida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Prezident menga bu muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilmoqchi ekani va jangga kirishmoqchi emasligiga ishora qildi", - deya ta'kidladi bosh kotib.
U AQSh prezidenti Davlat departamentining diplomatik xatti-harakatlarini vaqtni zoye ketkazish deb hisoblashi haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi.
"Yo‘q, bunday emas. U menga diplomatik xatti-harakatlarni davom ettirishga ishora qildi. Birinchi bomba tushgunga qadar diplomatik sa'y-harakatlarimizni davom ettiramiz", - qo‘shimcha qildi Tillerson.
Bundan avval Tramp AQShning so‘nggi chorak asrda KXDR bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish siyosati natija bermaganini aytgandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025