Jahon | 12:10 / 16.10.2017
23360
3 daqiqa o‘qiladi

Diplomsiz yosh siyosatchi endi Avstriyani boshqaradi

Foto: GETTY IMAGES

Avstriya konservativ xalq partiyasi (OEVP)​ mamlakat parlamenti uchun navbatdan tashqari saylovda 31,4 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur partiyaga tashqi ishlar vaziri Sebastian Kurts rahbarlik qilmoqda.

«Biz barchasini anglagan holda katta mas'uliyatni zimmamizga olamiz», deb o‘z fikrini yozadi Kurts ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida.

Kurts o‘zi kim?

1986 yilda tug‘ilgan Sebastian Kurts o‘z ona shahridagi Vena Universitetini tamomlagan. Keyinroq, harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, siyosiy faoliyatini jadal olib borishga kirishdi.

17 yoshida Avstriya xalq partiyasi a'zoligiga qabul qilingan bo‘lajak yosh kansler 23 yoshidan boshlab, partiyaning yoshlar qanotini yurita boshladi. Biroz muddat o‘tib, partiyaning Vena shahri bo‘yicha qo‘mitasiga boshliq bo‘ladi. 2011 yili esa Sebastian Kurts integratsiya masalalari bo‘yicha davlat kotibi lavozimiga tayinlagan.

27 yoshga to‘lgan yosh siyosatchi Avstriya Tashqi ishlar vazirligiga rahbar bo‘lganda, u dunyoning eng yosh Tashqi ishlar vaziri sifatida tanilgan edi. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab u YeXHT raisi lavozimida faoliyat olib borgan. Parlament saylovi natijalariga ko‘ra, Sebastian Kurts Avstriya tarixidagi eng yosh kansler bo‘lib, ish boshlashi ma'lum bo‘ldi.

Eng qizig‘i uning ma'lumoti oliy emas, balki o‘qishning 13 semestrida akademik yo‘nalishdan uzoqlashgan, shuningdek, diplomsiz kansler bo‘lmoqda.

Saylovoldi dasturida u qanday targ‘ibotni ilgari surdi?

Joriy yilning may oyidan Xalq partiyasini boshqarib kelayotgan Kurtsning shiori «Xizmatlar evaziga integratsiya» bo‘ldi. Uning elektoratga bergan va'dalari qatorida quyidagilar bo‘lgan:

- Yevropaga kirib kelayotgan muhojirlar sonini kamaytirish;

- Muhojirlarga eng kam imtiyozlar dasturini taqdim etish;

- Xorijiy mamlakat fuqarolariga Avstriyada kamida 5 yil muqim yashamagunicha, imtiyozlar berilmasligi shular jumlasidan.

Deyarli yarim yil ichida uning obro‘si va partiyaning nufuzi sezilarli jihatdan oshib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid