Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspert: KXDR dunyodagi eng samarali kiberdasturga ega
KXDR hukumati 6 mingdan ortiq xakerga rahbarlik qilmoqda. Ular sezilarli darajada samarali faoliyat yuritmoqda. Mazkur mutaxassislar uyushtirayotgan kiberhujumlar G‘arbni Pxenyan bilan hisoblashishga majbur etmoqda, deb yozadi The New York Times.
Nashrga ko‘ra, KXDR raketa-yadro ishlanmalari bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. Aksincha, internet tarmog‘ida global vahimaga sabab bo‘ladigan hamda millionlab dollar pullarni o‘mara oladigaan kiberdasturni ishlab chiqqan. Ushbu ta'sir vositasi xalqaro sanksiyalar ta'sir doirasiga tushmaydi va qamalda qolgan mamlakatga juda mos keladi.
"Kibernetika ularga bosim o‘tkazishning eng munosib vositasi. Arzon narx, javob harakatlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bunday vosita davlat infratuzilmalarining yirik sohalariga tahdid sola oladi. Bundan tashqari pul topish ham mumkin", - deydi AQSh MXA direktorining sobiq o‘rinbosari Kris Inglis.
"Aytish mumkinki, KXDR sayyoramizdagi eng samarali kiberdasturga ega. Ammo, uning texnik murakkabligi muhim emas, balki kam xarajat bilan qo‘yilgan vazifalarni bajargani e'tiborlidir", - deya qo‘shimcha qilgan ekspert.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025