«Men hokimiyatni kuch bilan olmayman». Babanov saylov natijalaridan keyin bayonot berdi
Qirg‘izistonda 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan, yakunda mamlakat sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekovdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan «Respublika Ata-Jurt» partiyasi fraksiyasi rahbari Omurbek Babanov 16 oktabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan brifingda ishtirok etdi.
U o‘z tarafdorlarini provokatsiyaga uchmaslikka chaqirgan.
«Biz albatta g‘alaba qildik. Bizning g‘alabamiz - kishilarning ongini o‘zgartira olganimizda, ular o‘z so‘zlarini, o‘z haqiqatlarini ayta olish uchun ishonch berganimizdadir.
Biz Qirg‘izistonda saylovga borish mumkinligini, o‘z dasturing haqida gapirish mumkinligini va xalqqa muqobil dastur taklif etish mumkinligini ko‘rsatdik. Kim haqligini vaqt ko‘rsatadi», degan u.
Babanov shuningdek, «ma'muriy resurslardan qo‘rqmasdan ovoz berganlar»ga minnatdorchilik bildirgan. Shu bilan birga tarafdorlari va o‘z jamoasidagilarni hech qanday provakatsiyaga uchmaslikka chaqirgan:
«Menga hozir ig‘voli material kelib tushdi, unda 16 oktabr kuni soat 12da Babanovni qo‘llab-quvvatlovchilardan maydonga chiqish so‘ralgan. Men yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman: Men hech qachon hokimiyatni kuch bilan olmayman! Hozir ham, keyin ham. Biz o‘z saylovchilarimiz huquqlarini faqat qonuniy yo‘l bilan himoya qilamiz. Men ishonch bilan aytamanki, bizning g‘alabamiz - kelajakda! Shundan yaxshi gap bor: «Bizni yo‘q qila olmagan barcha narsa, bizni yanada kuchli qiladi». Bu saylov bizni birlashtirdi», degan Babanov.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi ma'lum qilishicha, byulletenlar hisoblab chiqilganidan keyin Jeenbekovga saylovchilarning 54,20 foizi ovoz bergan (917 ming 219 kishi). Bu esa uning birinchi bosqichdagi g‘alabasini ta'minlaydi.
Omurbek Babanov 33,36 foizlik ovozni qo‘lga kiritdi (unga 564 ming 573 kishi ovoz berdi).
Mavzuga oid
13:51
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024