Misrda harbiylar 24 jangarini yo‘q qilishdi
Misrlik harbiylar Sinay yarimoroli shimolidagi nazorat-o‘tkazish punktlariga hujumlarni qaytarishda 24 jangarini yo‘q qilishdi. Bu haqda Misr qurolli kuchlari rasmiy vakili ma'lum qilgan.
Harbiylar orasida 6 kishi halok bo‘lgan. Jangarilar Sinay yarimorolidagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilishgan. Hujum Karad al-Kavadis aholi punkti yonida sodir etilgan.
Ushbu hujum harbiylar Sinay shimolidagi harbiy obektga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ikki hudkushni yo‘q qilinganining ertasiga sodir etildi.
13 oktabrda Al-Arish shahrida jangarilar hujumi oqibatida 6 nafar misrlik harbiy halok bo‘lgandi va bir necha kishi jarohat olgandi.
Misr 3,5 yildan ko‘proq vaqtdan beri Sinayda aksilterrorchilik operatsiyasini olib boradi. Bu yerda borish qiyin bo‘lgan joylarda terrorchilik guruhlari qo‘nim topgan. Oxirgi vaqtda yarimorolda terrorchilar qo‘lidan yuzlab harbiy va politsiyachilar halok bo‘lgan.
Shuningdek, 13 oktabrdan Sinay shimolidagi bir qator hududlarda komentdantlik soati muddati uzaytirilgan.
Mavzuga oid
13:13 / 09.11.2024
Misr O‘zbekistonda charm mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024