Apple Watch soati bir inson hayotini qutqarib qoldi
Amerikalik jurnalist Jyeyms Grin Apple Watch aqlli soati tufayli fojianing oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Gap shundaki, soatdagi maxsus ilova uni yuqori puls ko‘rsatkichidan ogohlantirgan va shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilgan, deb yozadi Telegraph.
Grin kun davomida yurak urish chastotasini kuzatuvchi va u me'yordan yuqori bo‘lsa, soat egasini ogohlantiruvchi Heart Watch nomli mobil dasturdan foydalangan. Pulsning me'yordan tezlashishi yurak yoki qon tomirlari faoliyatidagi jiddiy muammolarga ishora bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda mazkur funksiya watchOS 4 versiyali Apple Watch soatlarining barchasida mavjud.
Jyeyms tavsiyaga amal qilib, klinikaga bordi va u yerda unga o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi qo‘yildi. Davolash kursidan keyin Grin o‘zini yaxshi his qilmoqda va o‘zining Twitter blogida minnatdorchilik so‘zlarini izhor qildi.
"Qo‘limdagi ikki yil avval xarid qilgan qandaydir bir kichik kompyuter hayotimni qutqarishi mumkinligi haqida hech o‘ylamagandim", - deb yozadi u Twitter'da.
Mavzuga oid
16:41 / 08.10.2024
Apple aqlli soatlari kasallikni bir necha kun oldindan prognoz qila olishi ma’lum bo‘ldi
12:36 / 29.08.2024
Toshkent aeroportida 1,5 mlrd so‘mlik soatni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
07:30 / 20.01.2024
Shvarsenegger soatini auksionda 270 ming yevroga sotdi
22:56 / 11.11.2022