Pokistonda portlash: 7 politsiyachi halok bo‘ldi, 22 nafari jarohatlandi
Pokistonning Quetta Sibi ko‘chasi Saryob Mil hududida sodir etilgan portlash oqibatida 7 politsiyachi halok bo‘ldi. Yana 22 kishi tan jarohati oldi, deb xabar bermoqda Dawn nashri.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari ko‘cha yonida qoldirilgan bomba portlagani haqida ma'lum qilgan. Bu vaqtda bomba joylashtirilgan ko‘cha qismidan politsiya avtobusi 35 xavfsizlik xizmatchisini olib ketayotgan bo‘lgan. Ammo, hozircha, portlashga doir boshqa tafsilotlar ma'lum emas.
Quetta fuqaro shifoxonasi rasmiy vakili 7 kishining qurbon bo‘lganini tasdiqladi, yaralanganlardan 8 kishi shifoxonaga keltirilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Belujiston viloyati vaziri Sarfaroz Bug‘tiy 6 nafar poolitsiyachi hayotdan ko‘z yumganini tasdiqladi. 22 nafar yaralanganlar Fuqaro shifoxonasi va Harbiy gospitalda ekanini bildirgan.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
14:10 / 10.09.2024