O‘zbekiston | 09:18 / 18.10.2017
4323
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqdagi a'zoligini tikladi

O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqdagi a'zoligini tikladi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yil 13 oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Parlamentlararo ittifoqda a'zoligi qayta tiklandi.

Shu to‘g‘risidagi Oliy Majlis Qo‘shma qarorini Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev imzoladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid