Samarqand shahri kuni ko‘hna shaharda keng nishonlandi (foto)
1996 yil 18 oktabrda Samarqand shahriga Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Amir temur ordeni topshirilgan kundan e'tiboran har yili ushbu sana Samarqand kuni sifatida ko‘hna shahar aholisi tomonidan keng nishonlanib kelinmoqda.
Bu yilga tadbir erta tongdan Amir Temur maqbarasida Qur'on tilovati bilan boshlandi. So‘ngra viloyat va shahar rahbarlari, jamoatchilik ishtirokida Amir Temur haykali va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimlari o‘tkazildi.
Devori Ko‘ndalang mahallasidagi profilaktika inspektori xizmat uyini va mahalla markazini ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand davlat qo‘g‘irchoq teatrida mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun «Ulug‘bek yulduzi» qo‘g‘irchoq spektakli namoyishi o‘tkazildi. So‘ngra 1- va 10-sonmehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar, Samarqanddagi Sahovat internat-uyidagi keksalar va nogironlar uchun xayr-ehson tuhfasi tashkillashtirildi.
Samarqand viloyat musiqali drama teatrida Maqsud Shayxzoda asari asosida Mirzo Ulug‘bek spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Kechgacha teatri maydonidagi yozgi sahna oldida shahar yoshlari uchun samarqandlik san'atkorlari ishtirokida katta konsert dasturi tashkillashtirildi.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
16:43 / 27.11.2024
Samarqandda hisobchi tadbirkorning 6,4 mlrd so‘mini onlayn qimorda yutqazib qo‘ydi
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024