Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya imperatori o‘z taxtidan voz kechadigan sana ma'lum qilindi
Yaponiya hukumati Yaponiya imperatori Akixito 2019 yil mart oyi oxirida o‘z taxtidan voz kecha olishi haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda 20 oktabrda Asahi Shimbun nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, ushbu qaror zarur bo‘lgan byurokratik jarayonlarni yengillashtirish uchun qabul qilingan. Gap shundaki, Yaponiyada moliyaviy yil 31 martda tugaydi. Yaponiyaning yangi imperatori bo‘ladigan valiahd shahzoda Naruxito 1 apreldan, ya'ni yangi moliyaviy yil boshidan taxtga o‘tirishi kerak bo‘ladi.
Yozda Yaponiyada oxirgi 200 yil ichida birinchi marta imperatorga o‘z taxtidan voz kechishga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi. Ushbu hujjat 3 yil amal qiladi va faqatgina amaldagi imperatorga taalluqli bo‘ladi.
Akixito 2016 yil avgustida millatga yuzlanib, keksayib qolgani tufayli taxtdan voz kechmoqchiligini aytgan. Amaldagi qonunchilik imperator marosimlar bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini hayotining oxirigacha bajarishini ko‘zda tutadi. So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, imperatorning millatga murojaati Yaponiyada ijobiy qabul qilingan. Natijada imperator Akixito uchun istisno tariqasida unga taxtdan voz kechishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025