Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya NATOga a'zo bo‘lishi mumkin, lekin bu Rossiya tahdidi tufayli emas
Finlyandiya TIV rahbari Timo Soynining bayonot berishicha, mamlakat NATOga a'zo bo‘lish imkoniyatini inkor etmaydi. U bu haqda «Kommersant'» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi
Shu bilan birgalikda, tashqi ishlar vaziri Xelsinki Rossiya tahdidini ko‘rmayotganini bildirgan.
«Finlyandiya Rossiya tomonidan tahdidni ko‘rmayapti va hech narsadan qo‘rqayotgani yo‘q. O‘ylaymanki, bu umumiy fikr. Ammo bizning tashqi siyosatimiz shundan iboratki, barcha bilan, birinchi navbatda qo‘shnilarimiz bilan yaxshi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu bilan bir qatorda YeI, BMT, Shimoliy kengash a'zosimiz, NATO bilan hamkorligimiz bor», — degan Soyni.
TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, mamlakat NATOga a'zo bo‘lish imkoniyatini rad etmaydi.
«Biz NATOga a'zo bo‘lish imkoniyatidan voz kechmasligimiz kerak. Har qanday mamlakat shunday imkoniyatga ega. Shu boisdan ham bizga ochiq eshiklar siyosati juda zarur. Ammo Finlyandiya hukumati hozirda buni dolzarb deb hisoblamaydi», — deya qayd etgan Timo Soyni.
Mavzuga oid
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025