Jamiyat | 19:49 / 21.10.2017
110270
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondan 6 metrlik odam surati topildi

Foto: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

Sidney universiteti professori, Qoraqalpog‘iston-Avstraliya ekspeditsiyasi ko-direktori, arxeolog Alison Bettsning mamlakatda O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘.Xojaniyazov bilan Beruniy tumanidagi tarixiy «Aqchaxan qal'a» esdaligida arxeologik tadqiqot ishlarini olib borayotganiga yigirma besh yil to‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.

– Hozir biz professor G‘.Xojaniyazov bilan Aqchaxan qal'ada arxeologik ishlarni birgalikda olib bormoqdamiz, – deydi u.

– Qazish jarayonida qal'a markazidagi shimol koridordan devor rasmlarini topdik. Bu rasmlar nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, unda g‘oyat katta hajmdagi (6 metr) Zoroastrizm xudolarining, bog‘ va qushlarning rasmi tasvirlangan. Biz hozir ushbu bebaho topilmalarni tozalash, restavratsiyalash ishlarini olib bormoqdamiz. Faraz qilishimizcha, bu joyda topilmalarning davomi bo‘lishi mumkin. 

Shuningdek, bu joydan er kishilarning va otlarning rasmlari ham topildi. Qayd etilishicha, mutaxassislar qazilma ishlarini kelgusi yillarda ham davom ettirish niyatida. Bu boradagi faoliyat fransiyalik Mikele Minardi bilan hamkorlikda Sulton Uvays tog‘ tizmalarida ham olib borilmoqda.

Mavzuga oid