Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament raisi: Yevropadagi birorta davlat Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi
Yevroparlament raisi Antonio Tayani Yevropaning birorta davlati Kataloniya mustaqilligini tan olmasligini aytdi. U bu fikrni Florentsiyadagi anjumanda bildirib o‘tdi.
"Hammaga ayon bo‘lishi kerak: Yevropaning birorta davlati Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi", deb aytgan Tayani.
22 oktabrda La Razon nashri Kataloniya parlamenti 27 oktabrda mustaqilligini e'lon qilishini ma'lum qilgan. Nashrning ta'kidlashicha, Kataloniya hukumati 21 oktabrda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy konstitutsiyaning avval hech qachon qo‘llanmagan 155-moddasi qo‘llanishini ma'lum qilgandan keyin bunday qadamga borgan.
Madrid bu modda yordamida Kataloniya hukumati a'zolarini o‘z lavozimidan chetlashtirmoqchi.
Ispaniya senati hukumat taklif qilgan choralarni 27 oktabrda ma'qullashi kerak.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025