Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada "Lan" to‘foni tufayli ko‘plab odamlar jarohat oldi
Yaponiyaga yopirilgan "Lan" to‘foni tufayli bir kishi halok bo‘ldi, 86 kishi jarohat oldi. 23 oktabrda NHK yapon telekanalining ma'lum qilishicha, Fukuoka shahrida yashovchi 63 yoshli erkak ustiga shamol qo‘porib yuborgan qurilish havozalari ag‘darilib tushishi oqibatida halok bo‘lgan.
Shuningdek, mamlakatning turli hududlarida shamol qo‘porib yuborgan turli buyumlar, reklama shitlari, daraxt shoxlari ag‘darilishidan ko‘plab odamlar jarohat olgan. Vakayama prefekturasida uyi ko‘chki bilan vayron qilingan 82 yoshli erkak yo‘qolib qolgan. Kuchli shamol va yomg‘ir tufayli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi to‘xtatilgan, bir necha o‘nlab aviareyslar qoldirilgan.
Ayni vaqtda to‘fon Tokio hududidan o‘tib, Xonsyu orolining shimoliy qismiga qarab yo‘nalmoqda. U o‘z kuchini yo‘qotmoqda, biroq shamol kuchayganda uning tezligi soniyasiga 45 metrgacha yetmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025