Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan yordam ko‘rsatish kelishuvini bekor qilganiga tushuntirish berdi
Qirg‘iziston hukumati Qozog‘iston bilan Yevrosiyo integratsiyasi doirasida yordam ko‘rsatish haqidagi kelishuvni bekor qilishiga tushuntirish berdi. Ushbu qaror haqidagi hujjat va unga asosnoma Jogorku Kenesh saytida chop etildi.
Hujjatda aytilishicha, Qirg‘izistonning Bojxona ittifoqiga qo‘shilishi yo‘l xaritasiga muvofiq, bojxona infratuzilmalarini joylashtirish va texnik jihozlash bo‘yicha qisqa muddatlarda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish kerak. Bundan tashqari, Qirg‘iziston veterinariya, fitosanitar va karantin tizimlarini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishi va tajriba laboratoriyalarini modernizatsiya qilishi lozim.
Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligida ma'lum qilinishicha, Qozog‘iston bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi dorisida ko‘mak ko‘rsatish kelishuvi 2016 yil dekabrda imzolangan. Qozog‘iston bu kelishuvga ko‘ra Qirg‘izistonga 100 mln dollarlik texnik yordam ko‘rsatmoqchi edi.
"2017 yil avgustda tomonlar 41 mln dollarlik texnik ko‘mak tadbirlari ro‘yxatini imzolashgan. Keyinchalik yordam kelishilgan smetalar bo‘yicha taqdim qilinishi kerak bo‘lgan. Ayni vaqtgacha Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatilmagani uchun ushbu qonun loyihasi tayyorlangan", deb aytilgan asosnomada.
Qonun loyihasi byudjyet va moliya qo‘mitasi tomondan ma'qullangan. Qirg‘iziston hukumati ikki davlat vazirlar mahkamalari o‘rtasidagi Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasi sharoitlarida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kelishuvini, ko‘mak berish tartibi va undan foydalanishni nazorat qilish, texnik ko‘mak ko‘rsatish va avval tomonlar imzolagan ko‘mak ko‘rsatish haqidagi protokollarga tuzatish kiritish protokollarini bekor qilishga qaror qildi.
Mavzuga oid
13:51
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
21:37 / 20.11.2024