Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman. Kuman iste'foga chiqarildi
«Everton» rahbariyati muvaffaqiyatsiz start tufayli jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan.
APLning 9-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan va 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin klub rahbarlarining «sabr kosasi to‘lgan». Ushbu natijadan keyin jamoa 18-o‘ringa, «xavfli zona»ga tushib ketdi. Jamoa 9 turda faqat 8 ochko jamg‘argan, to‘plar nisbati 7-18.
Eslatib o‘tamiz, Ronald Kuman «Everton»ni 2016 yilda qo‘lga olgan, o‘tgan mavsumda esa u bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Qayd etish kerakki, yozgi transferlarda «Everton» faol harakat qilgan, yangi futbolchilar uchun 158 mln yevro sarflangandi. Transferlar uchun bundan ko‘p mablag‘ni faqat«Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari sarflashgandi. Shu bilan birga «Everton» o‘z futbolchilari sotuvidan 107 million yevro ishlagan.
Mavzuga oid
11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi
19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan
12:30 / 03.03.2025