Instagram'da qo‘shma jonli efir funksiyasi paydo bo‘ldi
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirga odam qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Foydalanuvchi uning translyatsiyasini ko‘rayotgan istagan folloverni efirga qo‘sha oladi. Ikkinchi inson qo‘shilganidan keyin ekran ikkiga bo‘linadi, keyingi ulangan foydalanuvchi ekranning pastki qismida aks etadi.
Mehmonni istagan vaqtda efirdan chiqarish mumkin, shu bilan birga, uning o‘zi ham efirni mustaqil tark etish imkoniga ega.
Ta'kidlash joizki, yangilanish avgust oyidayoq bir necha mamlakatda test rejimida ishga tushirilgandi.
"Jonli efir" funksiyasi Instagram'da 2016 yilning noyabrida paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid

16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi

22:30 / 02.01.2025