Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidentining qizi 7 oylik farzandi bilan chegarada ikki soat qolib ketdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning qizi Aliya Shagiyeva Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida uzoq qolib ketdi. Bu haqida u o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.
Ta'kidlash joizki, Kiyevda "Triptix" galereyasida yosh rassom Aliya Shagiyevaning rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
"Chegarada ikki soat navbat kutdik, chunki ahmoq bo‘lib o‘z mashinamizda kelibmiz. Aslida taksida kelib, nazoratdan yayov o‘tib, uyoqdan yana taksiga o‘tirish kerak ekan. Kichik bola bilan ketganimizni inobatga olganda, "reysga kech qolamiz" degan o‘y-xayollar ketidan asablar sekin-asta taranglasha boshladi, ham yig‘lagim, ham kulgim kelardi", - deb yozadi Shagiyeva.
Prezidentning qizi shuningdek kichik bola bilan yo‘lga chiqib, 7 oylik o‘g‘li uchun xorij pasporti haqida o‘ylamagani, bu xayoliga ham kelmagani haqida so‘zlagan.

Bundan tashqari, Aliya Shagiyeva samolyot reysiga kech qolgan, "registratsiyada o‘tirgan qizlar esa shunchaki yordam bergisi kelmay, bizni o‘tkazishi qiyin bo‘ldi. Ulardan biri menga mensimay, g‘olibona qarash qildi, ilgari bundaylarga bir tarsaki tushirgan bo‘lardim, biroq hozir bu menga hech qanday ta'sir qilgani ham yo‘q".
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025