O‘zbekiston | 19:05 / 25.10.2017
10347
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiyadagi ishchi migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasining vakolatxonasi ochilmoqda

Adliya vazirligi Ishchi migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasining (Rossiya) O‘zbekistondagi vakolatxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi axborot xizmati.

Vakolatxonaning asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi hududida assotsiatsiyaning manfaatlarini ifoda etish, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro aloqa va hamkorlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining migratsiya muammolarini hal etishdagi tajribasini o‘rganish hisoblanadi.

Ishchi migrantlarga huquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 50/59 “A”-uy.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid