O‘zbekiston | 13:05 / 25.10.2017
13442
2 daqiqa o‘qiladi

Ziraat Bank «Agrobank»ning UTBANK’dagi ulushini sotib olmoqchi

Foto: Daily Sabah

Turkiyaning Ziraat Bank’i «Agrobank» ATB va UTBANK bankidan ulush sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya bankining Enterprise Architecture Group’i rahbari Ilker Met ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Uning ta'kidlashicha, hozirda Ziraat Bank’ning UTBANK’dagi ulushi 50%ga teng. «Agrobank» ATB esa O‘zbekiston-Turkiya bankida 50 foizlik ulushga egalik qiladi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, turk banki o‘zbek tomonining ulushini sotib olish niyatida. Metning qayd etishicha, «Agrobank» ATB va Ziraat Bank UTBANK’da ulushni xarid qilish haqida dastlabki kelishuvni imzolashgan.

Ilker Metning aytishicha, kelishuv imzolangandan keyin, tomonlar uni yakunlashni rejalashtirishgan. Turkiya banki O‘zbekistonda 2018 yilda Ziraat Bank-Uzbekistan brendi ostida ish boshlashni mo‘ljallagan.

Enterprise Architecture Group rahbarining qo‘shimcha qilishicha, UTBANK O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga juda katta hissa qo‘shadi.

Mavzuga oid