Yalpi kommunizm: sivilizatsiya ne'matlari yerliklar orasida barobar bo‘linsa nima bo‘ladi?
Qiziq, Yer kurrasida yoppa adolat o‘rnatilsa-yu, barcha tabiiy boyliklar va insoniyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sayyora aholisiga teng bo‘lib berilsa nima bo‘ladi? Agar jamiki chuchuk suv sayyoradagi 7,5 milliard insonga teng bo‘linsa baxtliroq yashay boshlagan bo‘larmidik? Balkim... Agar oltin teng bo‘linsa-chi? Bu holatda aniq bir narsa deb bo‘lmaydi, deydi Bigpicture.ru.
Yer

Quruqlik Yer sirtining 148 429 million kvadrat kilometr yuzasini egallaydi.
Har bir insonga 19,7 gektardan yer to‘g‘ri keladi.
Taqqoslash uchun: Monakoda aholi zichligi bir kvadrat kilometrga 18.679 kishi. Rossiyada — 1 kvadrat kilometrga 8,56 kishi to‘g‘ri keladi.
Oltin

Oltin qazib olish tarixida yer qa'ridan jami 187 ming 200 tonna oltin olingan.
Bu har bir insonga 25 grammdan to‘g‘ri kelishini bildiradi. 57 ming tonna zaxira yana kishi boshiga 7,6 grammdan bo‘lishish imkonini beradi.
Oddiy nikoh uzugi 3–6 gramm tosh bosadi. Hisoblab olavering.
Chuchuk suv

Yerda 1386 kub kilometr suv bor, uning faqat uch foizi ichiga yaroqli chuchuk suv hisoblanadi, uning ham katta qismi yo muzliklarda yoki Yer qa'rida to‘plangan.
Butun suvning faqat 0,65 foizi qazib olishga va ichishga yaroqli, bu esa bir insonga 120 milliard litrdan to‘g‘ri keladi. Agar suvning ulkan miqdori ishlab chiqarishda foydalanishi hisobga olinsa, aslida bu ko‘p emas. Lekin chanqab qolmaslik uchun yetarli.
Neft

2016 yilga kelib neftning isbotlangan zaxiralari 1707 milliard barrelni tashkil etgan.
Har bir insonga taxminan 36 ming litrdan to‘g‘ri keladi.
Neftdan hozirgi sur'atda (kuniga har bir insonga 2 litr) foydalanishda davom etilsa u yana 50 yilga yetadi.
Temir yo‘llar

Jahon bo‘ylab temir yo‘llarning umumiy uzunligi 1.370.782 kilometrga teng.
Agar temir yo‘llar teng bo‘lib berilsa, har bir insonga 18 sm rels to‘g‘ri keladi. Ya'ni odamlar o‘ziga ajratilgan rels ustida tik tura olmaydi.
Jun

Bir yilda jahon bo‘ylab 1160 million kilogramm jun ishlab chiqariladi.
Sizga 155 gramm nasib etadi. Sviter uchun 5-6 yil kutishga to‘g‘ri keladi.
Coca-Cola

2016 yilda kompaniya 155 milliard litr qora ichimlikni idishlarga quyib, ishlab chiqargan.
Bir insonga 20 litrdan ortiqroq to‘g‘ri keladi. Bu ko‘p yo kamligini o‘zingizga qarab hisoblab olavering.
Sovun

Har yili 4,5 milliard tonna sovun ishlab chiqariladi. Har bir insonga 605 grammdan to‘g‘ri keladi, bu o‘rtacha o‘lchamdagi 6 bo‘lak sovun degani. Avaylab ishlatilsa, bir yilga yetishi kerak.
Sigaretlar

Yer aholisi bir yilda 5,8 trillion dona sigaretni chekib tashlashadi.
Teng bo‘linsa har bir kishi 773 dona sigaretga ega bo‘ladi. Bu 365 kunga 38 quti degani — ashaddiy kashanda uchun o‘limning o‘zginasi. Lekin chekishdan o‘lishni istamaydiganlar bo‘lishi mumkin.
Kahva

2016 yilda eksportchi mamlakatlar to‘qqiz milliard kilogramm qahva ishlab chiqarishgan.
Qahvaxo‘rlar yiliga 1,23 kilogramm qahva bilan kioflanishga majbur bo‘lishadi. Vaziyat xuddi sigaretnikiga o‘xshash, xullas.
Donor qoni

Bir yilda Yer kurrasi bo‘ylab 112,5 million doza (450 millilitr) donorlar qoni topshiriladi, bu esa 50 mln. 625 ming litrga teng.
Har bir insonga 6,75 millilitr qon to‘g‘ri keladi. Bu miqdor faqat suvarakka qon quyishga yetsa kerak.
Polietilen paketlar

Eng muammosiz narsa mana shu paketlar bo‘lsa kerak. Bir yilda zavodlardan 5 trillion paket olib ketishadi. Bir yilda sizga 700ta paket yetarli bo‘lsa kerak? Kuniga 2tadan!
Mushuklar

Mushuklar — Yer yuzasidagi eng omaviy jonzot hisoblanadi, agar inson hisobga olinmasa. Ularning soni 600 milliondan oshiq.
Agar adolat bilan teng bo‘linsa, uyingizdagi mushukdan 0,08 qismi qoladi.
Xo‘sh, yalpi adolat — yaxshilikka ekanmi yo yomonlikka?
Mavzuga oid

14:44 / 09.01.2024
“Kolbasa inqilobi” – SSSR parchalanishini tezlatgan voqea

21:32 / 08.06.2023
Kommunizmdan 32 yil o‘tib: o‘tmish izlari qolgan «arvoh» shaharlar

16:00 / 12.01.2023
Surxondaryoning yangi hokimi viloyatni “kommunizm”ga qaytarmoqchi

22:10 / 17.05.2018