O‘zbekiston | 18:50 / 26.10.2017
60395
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Shavkat Mirziyoyev Istanbuldagi To‘pqopi saroyida

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 oktabr kuni Istanbulga tashrifi chog‘ida To‘pqopi saroyini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

XV asrda qurilgan mazkur tarixiy majmua ko‘p asrlar davomida Usmonlilar sulolasining saroyi bo‘lgan. 1923 yil muzeyga aylantirilgan. Bugungi kunda majmuada 65 mingdan ziyod eksponat saqlanadi.

Foto: Twitter / @NumanKurtulmus

«Davlatimiz rahbari saroy tarixi va muzeydagi qadimiy eksponatlar bilan tanishdi», — deyiladi O‘zA xabarida.

Foto: Twitter / @NumanKurtulmus
Foto: Twitter / @NumanKurtulmus
Foto: Twitter / @NumanKurtulmus

Mavzuga oid