Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ro‘ziqulov Shavkat Mirziyoyev oldida va'da berdi (video)
25 oktabr kuni Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokaralar o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tganini, imzolangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladilar.
Xususan, O‘zbekiston prezidenti turizm, ziyorat turizmi bo‘yicha va har ikki davlat aviakompaniyalari o‘rtasida strategik sherikchilik bo‘yicha muhim hujjatlar imzolanganini ta'kidladi.
“Samarqand-Istanbul reysi yo‘lga qo‘yiladi. Agarda, ikki aviakompaniya rahbarlari bu yerda o‘tirgan OAV vakillarini bepul yuboramiz, deb qo‘l qo‘ysangizlar, birinchi bular Samarqand hamda Buxoroga borib kelsa, keyin yo‘l ochiladi. Buni mart oyiga cho‘zish kerak emas, oktabr-noyabrda tezlashtirish kerak, o‘rtoq Ro‘ziqulov. Nima masala bor? Ayting – OAV xodimlarini O‘zbekistonga bepul taklif qilaman, uch kun davlatda mehmon qilaman, deb va'da bering”, - degan Mirziyoyev “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK rahbariga. O‘z navbatida, Ulug‘bek Ro‘ziqulov ham bu haqda va'da bergan.
Shundan so‘ng prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham “Turkiya havo yo‘llari” rahbariga murojaat qilgan. O‘z navbatida, turkiyalik amaldor ham mahalliy matbuot vakillarini O‘zbekistonga bepulga olib borish hamda olib kelishga va'da bergan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025