O‘zbekiston | 10:50 / 26.10.2017
12794
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Pokistonga dukkakli mahsulotlarni eksport qiladi

Foto: O‘zbekoziqovqatxolding

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi xo‘l va qayta ishlangan meva sabzavot, dukkakli don mahsulotlari eksporti  xajmini yanada kengaytirish maqsadida xorijlik hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatib kelmoqda.

23 oktabr kuni  “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rahbariyati Pokiston meva-sabzavot  mahsulotlarining import va eskporti savdo assotsiatsiyasi birinchi rais o‘rinbosari Shoayb Ahmad hamda ushbu mamlakat Tsitrus mevalari eksporti qo‘mitasi boshlig‘i Sarafraz Xusayn bilan yurtimizda yetishtirilgan mosh, loviya va no‘xat eskporti bo‘yicha  muzokara olib borishdi. 

 Shoayb Ahmad Pokiston aholisi 250 milliondan oshiq ekanligini inobatga olgan holda, mamlakatning mosh, loviya, no‘xat va boshqa mahsulotlarga ehtiyoji borligini ta'kidlab,  O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish har ikkala tomonga manfaatli ekanligini bildirdi.

Tohirjon Jalilov, “O‘zbekoziqovqatxolding” boshqaruv raisi:

"Biz Pokistonlik tadbirkorlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilganidan mamnunmiz. O‘zbekistondan yetishtiriladigan meva-sabzavotlarning eskporti va Pokistondan ayrim mahsulotlarning import qilinishi har ikki mamlakat  uchun katta ahamiyatga ega". 

Foto: O‘zbekoziqovqatxolding

O‘z navbatida xorijlik mehmonlar mandarin, kartoshka va mangoni O‘zbekistonga eksport qilish taklifi bilan chiqishdi. Shuningdek, shu yilning noyabr oyida Pokistonlik vakillar O‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘z mamlakatlariga taklif qilishdi.

"O‘zbekoziqovqatxolding" pokistonlik tadbirkorlarga qayta ishlangan meva-sabzavotlar va boshqa mahsulotlar eksportini yo‘lga kuyish taklifini berdi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid