Jahon | 07:35 / 27.10.2017
18022
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 3 mingga yaqin hujjat e'lon qilindi

Foto: AFP

1963 yilda suiqasd uyushtirilgan AQShning sobiq prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq 3 mingga yaqin hujjat ilk bor e'lon qilindi. 2891 ta hujjatdan iborat ma'lumotlar bazasi AQShning Milliy arxivlar saytida joylashtirilgan.

Bu Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq hujjatlarning navbatdagi qismidir, avvalgisi 24 iyulda e'lon qilingan va 3,9 ming hujjatdan iborat bo‘lgan. Yana bir necha ming hujjat 2018 yil apreligacha oshkor etiladi, deb ma'lum qildi Oq uy. 

AQSh prezidenti Donald Tramp jamiyat Kennedining o‘ldirilishi haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishga haqli ekanini aytgan. Shu bilan birga Tramp milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan tegishli idoralarga hujjatlar matnining ba'zi joylarini o‘zgartirishga ruxsat berishdan boshqa iloji yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid