Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy po‘lat ishlab chiqarishni qisqartirish rejasini bajardi
Xitoy po‘lat qo‘yish sohasidagi ortiqcha quvvatlarni qisqartirish bo‘yicha bu yilgi vazifalarni uddalagani haqida bayonot bermoqda. XXR sanoat va axborotlashtirish vazirligi matbuot kotibi Chjen Lisin shu haqda ma'lum qildi.
Xitoy hukumati mamlakatni 2017 yili ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejasiga muvofiq, ortiqcha quvvatlarni qisqartirish bo‘yicha islohotlar doirasida po‘lat ishlab chiqarishni 50 mln tonnaga, ko‘mir qazib olishni 150 mln tonnadan ko‘proqqa kamaytirishni belgilagan edi, deb yozadi RIA Novosti.
Avvalroq, Xitoy hukumati ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan sohalarda talab va taklif qoidasini joriy qilishini bildirgan edi. XXR raisi Si Jinping Xitoy Kompartiyasining 19-s'yezdida mamlakat taklif sohasida tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirishini bildirgan edi.
Xitoy 2016 yilda ham po‘lat ishlab chiqishni 65 mln tonnaga, ko‘mir qazib olishni 290 mln tonnaga qisqartirgan edi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025