Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda noyabr oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar.
«Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda», - deyiladi xabarda.
Amaliy tashrif kelgusi oyning birinchi kunlariga rejalashtirilgan hamda MDH davlatlari hukumatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi navbatdagi majlisiga to‘g‘ri keladi. Siyosatchilar uchrashuvi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish kun tartibiga MDH davlatlarining iqtisodiy sohadagi hamkorligini kengaytirish masalalari kiritilgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024