Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: ochlik umrni uzaytiradi
Amerikaning Boston shahridagi T.X.Chan nomli Harvard jamoat salomatligi maktabi olimlarining aniqlashlaricha, davriy ravishda och qolish hujayralardagii quvvat almashinuvini yaxshilaydi. Ilmiy tadqiqot natijalari haqida EurekAlert portali xabar qilmoqda.
Tadqiqotchilar Caenorhabditis elegans nematodalar organizmidagi moddalar almashinuvini o‘rganishdi hamda qarishning sabablaridan biri bu — mitoxodrial tarmoqlarning faoliyat yuritishi buzilishi ekanini aniqlashdi. Bu tarmoqlar esa fiziologik boshqaruv va quvvat almashinuvida muhim o‘rin tutadi.
Vaqt o‘tishi bilan tarmoqlar yaroqsiz holatga keladi va hujayralarni zaharlovchi hamda metabolizmni buzadigan erkin radikallarni ishlab chiqara boshlaydi. Ayni shu jarayon keksalik xastaliklarining paydo bo‘lishi sabablaridan biridir.
Biologlarning aniqlashlaricha, iste'mol qilinayotgan kaloriyalarni kamaytirish mitoxondrial tarmoqlar faolligiga samarali ta'sir ko‘rsatadi va uzoq vaqt mobaynida “yaxshi holat”da qolishni ta'minlaydi. Shu bilan vaqti-vaqti bilan och qolish yoshga doir o‘zgarishlarni sekinlashtiradi va umrni uzaytiradi, deb hisoblamoqda olimlar.
"Bizning izlanishlarimiz keksalik bilan bog‘lik xastaliklar masalasi bilan shug‘ullanayotganlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda", — deya hikoya qiladi olimlar jamoasi rahbari Hizer Veyr. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotning navbatdagi bosqichida taomlanishni cheklash sut emizuvchilar mitoxondrial tarmoqlari "egiluvchanligi"ga qanchalik yordam berishini aniqlash bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
00:39 / 23.05.2025
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
17:19 / 18.05.2025
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
19:29 / 28.04.2025