Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Un omborida yollanma ishchi sherigini pichoqladi
Toshkent tumanida, 11 oktabr kuni soat 01.55 larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi, Toshkent tumanida joylashgan “Un tushirish va saqlash ombori”da yollanma ishchi, 1978 yilda tug‘ilgan G.O. mast holda ish joyida o‘zaro janjallashib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi, ushbu omborda yollanma ishchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.J.ning chap yelka sohasiga 1 marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Toshkent viloyati IIBning xabar berishicha, hojisa oqibatida jabrlanuvchi tan jarohati olib Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan G.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
20:47 / 04.05.2025
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025