Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘iziston voz kechgan 100 mln. dollarni nimaga sarflashni 2018 yilda hal qiladi
Qirg‘iziston bilan kelishuv bekor qilinadigan bo‘lsa, Qirg‘iziston Respublikasini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 100 million dollar bo‘yicha qaror 2018 yilning fevralida qabul qilinadi. Bu haqda Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Tengrinews.kz.
"Avvaliga bekor qilish jarayonini yakunlash lozim. Bu oddiy bo‘lmagan jarayon. Biz bu bitimni ratifikatsiya qilganmiz, u Parlamentga o‘tgan. Uni bekor qilish uchun esa ichki jarayonlardan o‘tish lozim. Ular yakuniy tarzda tugagach, qaror qabul qilinadi. Aftidan bu kelasi yilning fevralida yuz beradi", - deya aniqlik kiritib o‘tdi vazir hukumat yig‘ilishidan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, 23 oktabr kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston tomonini Qozog‘iston Respublikasi hukumati va Qirg‘iziston Respublika hukumati o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Bitim bekor qilinishiga oid davlat ichidagi jarayonlar boshlangani haqida xabardor qildi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025