Light | 23:58 / 01.11.2017
35668
4 daqiqa o‘qiladi

Qo‘pol tanqidga qanday munosabat bildirish kerak: Stiv Jobs usuli

Foto: Getty Images

Ba'zi odamlar bilan ongli muloqot qilib bo‘lmaydi. "Layfxaker" javob haqoratlargacha bormaslik uchun Apple asoschisi Stiv Jobsning  quyidagi maslahatlaridan foydalanishni tavsiya etadi.

 

1. Tanqidni oldindan ko‘ra biling

Taqdimot yoki nutq bilan chiqish qilar ekansiz, undagi qaysi punktlar tinglovchilarda tanqid uyg‘otishi mumkinligini oldindan o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, sizga avval ham shunga o‘xshash tanbehlar berilgan va siz ularga javob bera olmay qolgandirsiz. Qanday javob qaytarishni oldindan o‘ylab qo‘ying. Javobni oldindan mashq qilsangiz, yoqimsiz so‘zlarga munosabat bildirishingiz yengillashadi.

 

2. Darhol javob qaytarishga shoshilmang

Jahl qilmang va shoshib javob qaytarmang. Stakanga suv quying, fikrlaringizni jamlab oling va kerakli so‘zlarni tanlay biling.

Foto: Getty Images

3. Javobni do‘stona umumiy iboralar bilan boshlang

Stiv Jobs o‘z chiqishlaridan birida unga bildirilgan tanqidga javobni shunday so‘zlar bilan boshlagan: "Biror nimani o‘zgartirishga harakat qilayotganingizda eng murakkab to‘siqlardan biri shu savolni bergan kishiga o‘xshash odamlar qayerdadir haq ekanliklaridadir". U o‘z javobini yumshatgan, bir qarashda, u opponentning so‘zini ma'qullayotgandek go‘yo, keyingi nutqidan esa bunday emasligi oydinlashadi.

Suhbatdoshingizning fikriga mutlaqo qo‘shilmasangiz ham, javobni doim do‘stona ruhda boshlang.

 

4. O‘zingiz eshitgingiz kelgan savolga javob bering

Jobsga muayyan dasturlash tili va shaxsiy hayoti haqida savol berilgan bo‘lsa-da, u bunga izoh berib o‘tirmadi. U nisbatan umumiy savolga javob berdi: "Kompaniyadagi o‘zgarishlar vaqtida qandaydir xatolar bo‘ldimi, texnik kompaniyalarda yakuniy natija ko‘proq kimga bog‘liq: ishlab chiqaruvchilargasi yoki mijozlarga?"

Bu siyosatchilarning har qanday vaziyatda ish beruvchi klassik usuli.

Foto: Getty Images

5. So‘zingiz yakunida xatolaringizni tan oling, lekin jamoangizni qo‘llab-quvvatlang

Siz o‘zingizning eng katta muxlisingiz bo‘lishingiz kerak. Ayniqsa, yo‘l boshida - faqat o‘zingiz va jamoangizga ishonadigan davrda. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni tan oling, ulardan qanday xulosalar chiqarganingizni ayting, ammo keyin, albatta, siz va jamoangiz ko‘p ishlar olib borayotganingiz va nima uchun qo‘llab-quvvatlashga loyiq ekaningizni yodga solib qo‘ying.

Odamlar qattiq mehnatni qadrlashga o‘rganishgan, shuning uchun buni yodga solib, auditoriyada o‘zingizga moyillik uyg‘otasiz.

Masalan, Jobs nutqini shunday yakunlagan: "Biz xatolarni aniqlaymiz va albatta, ularni tuzatamiz. Biroq hozir qiladigan ishimiz - juda muhim bosqichda turgan va tinim bilmay ishlayotgan jamoani qo‘llab-quvvatlash".

Mavzuga oid