Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Qozog‘iston bilan chegaradagi vaziyat sabab namoyish o‘tmoqda
Qirg‘izistonning Talas shahrida Qozog‘iston bilan chegaradagi vaziyatni tartibga solish talabi bilan 150 kishi norozilik aksiyasi o‘tkazgan. Bu haqda Talas ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Dinara Sarnogoyeva ma'lum qildi.
Gap shundaki, Qozog‘iston 10 oktabrda Qirg‘iziston bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirgan va Qirg‘izistondan yuklarning o‘tishini 3 martaga qisqartirgan. Bu esa chegarada yuk mashinalarining bir necha kilometrlargacha cho‘zilgan tirbandligini keltirib chiqargan. Yuk mashinalardan 80 foizi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bozori uchun yetishtirilgan meva-sabzavotlar bilan Rossiyaga ketayotgan bo‘lgan. Qozog‘iston kiritgan cheklovlardan chegarada joylashgan Talas viloyati eng ko‘p jabr ko‘rgan.
“Umuman, Talasda vaziyat tinch. Namoyishda tartib huquq-tartibot idoralari xodimlari tomondan ta'minlanmoqda. Talablar orasida Qozog‘iston bilan chegaradagi vaziyatni tartibga solish bor”, deb ma'lum qilingan xabarda.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar shuningdek Qirg‘iziston prezidenti Almazbak Atamboyevning viloyat aholisidan uzr so‘rashini talab qilishmoqda. Namoyishchilar fikricha, Atamboyev viloyatda yashovchilarni “Manas” milliy dostoni qahramoniga hurmatsizlikda ayblab, nohaq tanqid qilgan.
Sentyabrda Qirg‘izistondagi saylovlar bilan bog‘liq holda Ostona va Bishkek o‘rtasida diplomatik mojaro kelib chiqqan. Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegarada kuchaytirilgan xavfsizlik choralari kiritgan, buning natijasida chegarani kesib o‘tuvchilar soni 2,5 marotabaga qisqargan. Qirg‘iziston tomonda yuk mashinalarining bir necha kilometrlik tirbandligi vujudga kelgan.
3 noyabrda MDH hukumatlari rahbarlari kengashida Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov respublika, uning aytishicha, Qozog‘iston tomondan yuklarning haddan tashqari nazorat qilinishi masalasini Jahon savdo tashkilotida ko‘tarishiga va'da bergan. Bunga javoban Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sag‘intayev Qirg‘iziston bilan chegarada nazoratning kuchaytirilishi Bishkekka qarshi emas, balki kontrabanda hajmini kamaytirishga qaratilganini aytgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025