Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning "Respublika - Ata Jurt" partiyasi rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi "Respublika - Ata Jurt" parlament fraksiyasi rahbari Umurbek Bobonovga nisbatan jinoiy qo‘zg‘atdi. Bu haqda respublika huquqni muhofaza qiluvchi idorasiga asoslangan holda TASS xabar qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, u "Konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga oshkora chaqirish" va "Millatlararo hamda dinlararo dushmanlik kayfiyatini yoyish"da ayblanmoqda.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, Bobonov joriy yil sentabr oyidagi saylovoldi tashviqot jarayonlarida shunday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan.
Bobonov 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida nomzod sifatida ishtirok etdi. U 33,5 foiz ovoz to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Prezidentlik saylovining birinchi turida Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi nomzodi Sooronbay Jeenbekov g‘alaba qozongan edi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025