O‘zbekiston | 08:20 / 05.11.2017
5764
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev huquqiy himoya va intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi kelishuv bayonnomasini tasdiqladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2010 yil 19 noyabrdagi Huquqiy himoya va intellektual mulkni himoya qilish sohasida hamkorlik va huquqiy himoya va intellektual mulkni himoya qilish masalalari bo‘yicha Davlatlararo kengash yaratish haqidagi kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomani tasdiqladi.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 1 noyabrda “Xalqaro kelishuvni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat 2017 yil 26 mayda Qozon shahrida imzolangan bayonenomani tasdiqlaydi.

Prezident O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston tomondan ushbu xalqaro kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki jarayonlar bajarilgani haqida tegishli bildirish xatini jo‘natish topshirig‘ini berdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid