Jahon | 15:30 / 08.11.2017
3877
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh savdo vaziri Forbes ro‘yxatiga kirish uchun daromadlarini oshirib ko‘rsatgan

Foto: Reuters

AQSh savdo vaziri Uilbur Ross Forbes jurnali reytingiga kirish uchun o‘z davlati miqdorini 2 mlrd. dollarga oshirib ko‘rsatgan. Bu haqda Forbes saytida xabar berildi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilda Rossning boyligi 2,9 mlrd. dollarga baholangan. Biroq, u AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida ish o‘rniga ega bo‘lgach, rasmiy ma'lumotlar uning aktivlari qiymatini oshkor etdi – ular 700 mln. dollardan kamroqni tashkil qilgan.

O‘z navbatida vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2 mlrd. dollardan ortiq kapitali oilaviy trastlarda saqlanadi. Ross trastlar haqida ma'lumot taqdim etishdan bosh tortdi va bu maxfiy ma'lumotligini bildirdi.

«Forbes bir oylik jiddiy tekshiruvdan so‘ng javobni topganiga ishonchi komil: bu pullar hech qachon bo‘lmagan. Ross bizga yolg‘on so‘zlagani oshkor bo‘ldi», - deya ma'lum qilishgan nashrdan.

Avvalroq Paradise Papers ofshor hujjatlarida fosh qilingan 5 ta eng yirik holat haqida ma'lumot berilgandi. Unda Uilbur Rossning Rossiya bilan aloqalari ancha qalin bo‘lib chiqqani haqida so‘z yuritilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid