Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alibaba mahsulotni dronlar yordamida yetkazib berishni boshladi
Internet-savdo sohasida ishlaydigan Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi mahsulotlarni yetkazib berish uchun uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
31 oktabr kuni uchta dron Putyandan Meyjou oroliga taxminan 12 kilogramm og‘irlikdagi marakuyya mevasi solingan oltita qutini keltirdi. Kuchli shamol sharoitida parvoz 9 daqiqa davom etdi.
Yetkazib berishni amalga oshirgan dronlar Alibaba holdingiga kiruvchi Cainiao logistika kompaniyasi va Rural Taobao savdo platformasi, shuningdek, Xitoyning texnologiya kompaniyalaridan biri tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.
Ushbu dronlarning har birida 7 kg. yukni tashish mumkin. Ulardan yangi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarni havo orqali yetkazib berishda foydalanish rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Xinhua agentligi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025