Jahon | 18:45 / 10.11.2017
18490
2 daqiqa o‘qiladi

GFR TIV rahbari: Tramp dunyoda "ulkan beqarorlik" keltirib chiqardi

Foto: AP

AQSh prezident Donald Tramp dunyoda "ulkan beqarorlik"ni yuzaga keltirdi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel mamlakatning ZDF telekanalidagi chiqishida shunday bayonot berdi, deb yozmoqda TASS agentligi.

Gabriel Trampni "Amerikaning Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan siyosiy an'analariga javob beradigan" hamda AQSh tashqi siyosatini mamlakatning ichki manfaatlariga moslashtirishda ahamiyatga molik tashqi siyosatga ega emaslikda aybladi. Tramp, Gabrielning fikricha, har bir mamlakat bilan alohida ikki tomonlama munosabatlarni qurmoqda. U "vaqtinchalik bitimlarni tuzib", umumdunyo tartibi haqida qayg‘urmayapti. 

"Biz shunday sharoitlarda yashayapmizki, "Katta yigirmatalik" yoki "yettilik" haqida emas, balki "ikkilik" haqida gapirishga to‘g‘ri kelayapti", - degan vazir. Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar dunyoda shakllangan qoidalarga "Tramp qarashi bo‘yicha kim bilan maqsadga muvofiq" bo‘lsa, shunday yondashmoqda. Gabrielning qayd etishicha, bularning barchasi jahonda "ulkan beqarorlik"ni uyg‘otmoqda. 

Mavzuga oid