Jamiyat | 08:00 / 12.11.2017
11112
1 daqiqa o‘qiladi

Jorj Kluni aktyorlik faoliyatini yakunlamoqchi

Foto: slate.com

56 yoshli amerikalik aktyor Jorj Kluni The Sunday Times nashriga bergan intervyusida aktyorlik faoliyatini yakunlash haqidagi rejalarini ma'lum qildi. 

“Men to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun kinoda yetarlicha uzoq suratga tushganman. Biroq tekila ishlab chiqaruvchi kompaniyamni milliard dollarga sotganimdan keyin, pullarga boshqa muhtojlik sezmayapman. Boz ustiga, men 56 yoshdaman va avvalgidek qizlarni rom eta oluvchi yigit emasman”, deb aytgan Kluni.

Aktyor shu bilan birga qiziqarli kinoloyihalarda ishtirok etishini istisno qilmasligini ta'kidlab o‘tgan. 

Kluni ko‘plab filmlarda suratga tushgan, biroq unga “Mukammal bo‘ron”, “Tundan tonggacha” va “Oushenning 11 do‘sti” kabi filmlar katta mashhurlik keltirgan.

Mavzuga oid