Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya terma jamoasi 2018 yilgi Olimpiadada ishtirok etishdan mahrum qilinishi mumkin
Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) tashkilotning 16 noyabrdagi ta'sischilari kengashi yig‘ilishida Rossiya aksildoping agentligi (RUSADA)ning huquqlarini tiklamaydi. Bu haqda ARD telekanalidagi Sportschau dasturida jurnalist Xayo Zeppelt ma'lum qildi.
Zeppeltning ma'lumotlariga ko‘ra, bu qaror Rossiya terma jamoasining Janubiy Koreyaning Pxyonchxanidagi 2018 yilgi qishki Olimpiadada ishtirok etish huquqidan mahrum etishi mumkin.
“WADA Rossiya unga qo‘yilgan talablarni bajarmagani – davlatning aksildoping dasturiga aralashganini tan olmagani va sinovlar namunalari berilishini ta'minlamagani uchun RUSADA’ni tashkilot kodeksiga nomuvofiq deb tan olmoqda”, deb aytgan jurnalist.
RUSADA huquqlarining tiklanishi 16 noyabrda Seulda o‘tadigan yig‘ilishda ko‘rib chiqilishi mumkin.
12 noyabrda WADA bosh direktori Olive Niggli Rossiya tomondan Richard Maklaren boshchiligidagi mustaqil komissiya hisobotidagi xulosalarning tan olinmasligi rossiyalik sportchilarning Olimpiadaga borishlariga xalaqit berishi mumkinligini aytgan.
11 noyabrda WADA rossiyalik sportchilarning doping-sinovlari bo‘yicha ma'lumotlar bazasini qo‘lga kiritdi. Bu ma'lumotlar Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritilishiga olib kelishi mumkin. Xorijiy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya hukumati WADA’ga bu ma'lumotlarni taqdim qilishni istamagan, biroq ular agentlikka informator tomondan berilgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024