Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bir soxta “tadbirkor” fosh bo‘ldi
Uchqo‘rg‘onlik Alisher Ahmedov bozor rastalarini aylanib yurib, tirikchilik o‘tkazish uchun ajoyib g‘oyalar o‘ylab topdi. Uyiga qaytar ekan, bir necha rejalar tuzdi va Andijon shahriga qo‘lbola usulda yasalgan moyjuvoz sotib olish uchun yo‘l oldi. Tuzgan rejalarining “mahsuli” tez orada natija berdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Qo‘lbola usulda yog‘ mahsuloti tayyorlashni ko‘zlab, noturar joyga yashirin ravishda sex tashkil etdi. 2017 yil 18 aprel kuni Uchqo‘rg‘on dehqon bozoridan noqonuniy yo‘llar bilan bo‘lsa-da, cho‘ntagini mo‘may daromad bilan boyitish ilinjida har narsaga tayyor, o‘ziga o‘xshagan hamtovoqlaridan chigit mahsulotini sotib oldi-yu, ishxonasi sari shoshildi. 2 nafar yollanma ishchi yordamida qo‘lbola yog‘ni tayyor holatga keltirdi.
“Ana endi bozorga olib borib pullash qoldi”, - deya xayolan qancha foyda olishni hisoblashga kirishdi.
Oshig‘ini olchi sanagan “tadbirkor” o‘ylagan maqsadiga yeta olmadi. Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Norin tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Nazorat tekshiruvida A.Ahmedov tashkil qilgan yashirin sexdagi moyjuvoz, 5 406 kilogramm paxta chigiti, 224 kilogramm kunjara, 81,6 kilogramm qo‘lbola usulda tayyorlangan paxta yog‘i, turli o‘lchamdagi elektr simlar, yog‘ quyish uchun olib kelingan idishlar ashyoviy dalillar sifatida hujjatlashtirildi. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan jami 81,6 kilogramm yog‘ mahsuloti iste'molchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli, deb topildi.
Ishbilarmon “tadbirkor”ga O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga ko‘ra eng kam oylik ish haqining 20 barobari davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi
17:21 / 05.04.2025