Sport | 14:30 / 14.11.2017
17148
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Shvetsiya futbolchilari maydondagi telestudiyani buzib tashlashdi

Shvetsiya terma jamoasi futbolchilari Italiyaga qarshi o‘yin yakunlanganidan keyin jahon chempionati yo‘llanmasini nishonlashga kirishdi va maydondagi telestudiyani buzib ketishdi.

Ular hakam hushtagi yangrashi bilan maydon bo‘ylab guruh bo‘lib chopa boshlashdi va Eurosport jurnalistlarining jonli efiri uzatilayotgan mini-studiyaga «hujum» qilishdi.

Qayd etish kerakki, shvedlar oxirgi marta 2006 yilgi jahon chempionatida o‘ynagan, shundan keyin Zlatan Ibragimovich boshchiligidagi jamoa JAR va Braziliya maydonlaridagi mundiallarni o‘tkazib yuborgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid