Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» kimni sotib oladi? Beyl o‘rniga 5 nomzod
Jarohatlar Garet Beylning faoliyatiga juda katta to‘siq bo‘lmoqda. O‘tgan hafta uelslik hujumchi «Real» tarkibiga kelib qo‘shilgandan so‘ng, 19-jarohatini oldi. Ispaniyalik jurnalistlar erinmay hisoblab ham ko‘rishdi – Garetning Madrid klubidagi har bir o‘yini «Real»ga bir million yevrodan qimmatroqqa tushmoqda ekan. Maoshi va transfer qiymati birgalikda 168.6 millionni tashkil qiladigan Beyl shu paytgacha «Real» safida 159 o‘yinda maydonga tushgan xolos.
Ispaniyaning AS nashrida yozilishicha, bu jarohatlar «Real»ning ham joniga tekkan va futbolchi yanvar oyidayoq transferga qo‘yilishi mumkin. Yozda 150 million yevrodan kamiga sotilmasligi aytilgan 28 yoshli futbolchi uchun endi 70 million yevro olishga ham rozilar. Bu pullarni Peres navbatdagi supertransferlar uchun ishlatishi mumkin. Beylni qaysi jamoalar sotib olishi mumkinligi haqidagi taxminlarni keyinga qoldiraylik-da, e'tiboringizga championat.com sayti versiyasiga ko‘ra, Garetning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchini havola qilamiz.
Leroy SANe (Manchester Siti)
Narxi: transfermarkt.com ma'lumoti bo‘yicha 45 million yevro
«Real» uchun eng arzon variant. Aguero va De Bryuyne fonida Leroy Sane u qadar yorqin porlamayotgan ko‘rinishi mumkin, ammo statistika buning aksini ko‘rsatmoqda – Sane Premer Liganing 11 o‘yinida 11 golda (6 gol, 5 assist) bevosita ishtirok etdi. Germaniya terma jamoasining bo‘lajak yulduzi, yaxshigina texnika va tezlikka ega bo‘lgan Sane «Real»da Beyldan qolishmasligini kutsa bo‘ladi.
Darvoqe, Saneni butun Yevropa aynan Madriddagi o‘yin orqali taniganini eslasangiz kerak. Yevropa Chempionlar Ligasida «Shalke» safida Madridga tashrif buyurgan Leroy Sane sal qolsa, o‘sha o‘yinda «Real»ni chorak finalda qoldirib ketardi.
Paulo DIBALA (Yuventus)
Narxi: transfermarkt.com ma'lumoti bo‘yicha 70 million yevro
Dibala yoshligidan «Barselona»ga bo‘lgan sevgisini yashirmaydi. Bu jihat Dibalaning Madridga kelishini yanada qiyinlashtirishi mumkin. Ammo shu bilan birga, «Real»ning kuchini ham namoyish qiladi – Peres bunaqa «pont»larga qiziqishini bilamiz.
O‘yin e'tibori bilan Dibala yulduzga aylanib bo‘ldi va hatto uni tez-tez Messi bilan ham solishtirib turishadi. Faqat ikki muammo bor: Dibala ruhan u qadar barqaror emas va ba'zida tushkunlik holatiga tushib qoladigan odati bor. Ikkinchidan, turinlik muxlislar navbatdagi kumirning sotilishini qabul qilishlari qiyin kechadi. Shu tufayli, Peres bu transferni amalga oshirish uchun, balki Pogbaga to‘langan summadan ham ko‘prog‘idan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Eden AZAR (Chelsi)
Narxi: transfermarkt.com ma'lumoti bo‘yicha 75 million yevro
Peresning Azarga qiziqib qolganiga ancha bo‘lgan. Bu futbolchi aynan «Real» uchun – yorqin, xarizmatik va juda foydali. Shuningdek, Zidan uni dunyoning eng yaxshi uch futbolchisidan biri sifatida e'tirof etganini unutmaslik kerak. Azarning o‘zi ham kelajakda Zidan bilan birga ishlashni orzu qilishini ta'kidlab o‘tdi. Deyarli har transfer oynasida Azarning «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarlar ko‘p tarqaladi.
Umuman, agar «Real» istasa, bu transferni osonlik bilan amalga oshira olsa kerak, zero «Chelsi» bilan Angliyada deyarli hamma sovrinni yutib bo‘lgan belgiyalik futbolchi yangi cho‘qqilar uchun tayyor. To‘g‘ri, yaqinda Azar bunday qarorda ehtiyot bo‘lish kerakligi va «Real»da zaxirada qolishdan ko‘ra, Londonda yetakchi bo‘lish afzalligini aytgandi. Ammo Beylning sotilishi bu shubhalarga ham barham berishi tabiiy.
Kilian MBAPPe (Monako)
Narxi: transfermarkt.com ma'lumoti bo‘yicha 90 million yevro
«Kilian – «Real» va Ronalduning haqiqiy fanati», - degandi intervyulardan birida futbolchining otasi. Shuningdek, yozda juda ko‘p «insayder»lar Mbappening aynan Madridga o‘tishi haqida ko‘p yozgandilar.
Ammo Parij va'da qilgan 180 million «Monako» rahbarlarining boshqa variant haqida o‘ylamasliklariga yetarli bo‘ldi va 19 yoshli futbolchi Fransiyada qoldi. Ko‘pchilik bilmasligi mumkin, «Real» Mbappeni 14 yoshidan beri kuzatib keladi va 4 yil oldin Zidanning o‘zi Monakoga muzokaralar uchun kelgandi. U paytda Zidan «Real»ning yoshlar jamoasida ishlardi. Balkim jahon chempionatidan so‘ng, Zidan bu ishni yana qilishi mumkin, bunday taklifni rad etish esa Mbappega oson bo‘lmaydi.
NeYMAR (PSJ)
Narxi: transfermarkt.com ma'lumoti bo‘yicha 150 million yevro
«Real» va «Barselona» muxlislari munosabatlarini qizdirishda Figuning oldiga kim tusha oladi? Albatta, dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi Neymar.
Braziliyalik hujumchiga «PSJ» uncha yoqmayapti: murabbiy ham, jamoadoshlari ham, Liga 1 ning o‘zi ham. Hatto Neymar Messi va Suares bilan aloqaga chiqib, Barselonaga qaytish istagi borligini aytishga ham ulgurgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga u «Real»ga o‘tishga ham uncha qarshi emas. Hamyurtlari Ronaldo va Roberto Karlos uni Madridga borishga avramoqdalar. Qiziq ssenariy.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025