O‘zbekiston | 15:50 / 15.11.2017
7196
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus xavfsizlik kengashlari devonlari o‘zaro hamkorlik qiladi 

Foto: BeLTA

O‘zbekiston va Belarus xavfsizlik kengashlari devonlari o‘rtasida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik rejasini imzoladi. Bu haqda Belarus xavfsizlik kengashi davlat kotibiyati vakillari xabar bermoqda, deya ma'lum qilgan BeLTA AA.

Hujjat Belarus xavfsizlik kengashi davlat kotibi Stanislav Zasning Toshkentga amaliy tashrifi davomida imzolandi. U O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan ham uchrashdi.

Tomonlar harbiy va harbiy-texnik, huquqni muhofaza qilish organlari, tabiiy ofatlardan ogohlantirish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, bojxona idoralari o‘rtasida ma'lumot va tajriba almashish sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bo‘lajak hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Bundan tashqari, ikki davlat xavfsizlik kengashi devonlari vakillari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro va milliy xavfsizlikni ta'minlash, hamkorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy chaqiriqlar va tahdidga qarshi kurashish sohalaridagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikrlar almashildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid