Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Moskvada O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Rossiya va O‘zbekiston milliy xavfsizligi va Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta'minlashning dolzarb muammolari ko‘rib chiqildi. Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish va sovet xalqlarining Ikkinchi jahon urushi davridagi jasorati bo‘yicha xotirani saqlab qolish bilan bog‘liq masalalarga alohida e'tibor qaratildi», deyiladi Rossiya Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati xabarida.
Muzokaralar yakunida Patrushev va Mahmudov ikki davlat xavfsizlik kengashlari idoralari o‘rtasida milliy va mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston maslahatlashuvlarini ko‘zda tutuvchi 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzoladi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025