Jahon | 12:30 / 16.11.2017
32420
3 daqiqa o‘qiladi

«Mugabe klubi». Dunyodagi eng keksa davlat rahbarlari

15 noyabr kuni Zimbabve harbiy davlat to‘ntarilishi amalga oshirildi va mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatildi. U shu kungacha amaldagi davlat rahbarlari orasida yoshi eng kattasi edi. 

Quyida o‘n nafar eng keksa davlat rahbarlari sanaladi.

Foto: Reuters / Philimon Bulawayo

Robert Mugabe, 93 yoshda. U 1987 yilning 31 dekabrida Zimbabve prezidenti etib saylangan va shundan buyon o‘zgarmasdan davlatni boshqarib kelmoqda edi. U 1990, 1996, 2002, 2008 va 2013 yillarda lavozimiga qayta saylangan.

Foto: Reuters / Mussa Qawasma

Yelizaveta Ikkinchi, 91 yosh. Qirolicha 1952 yilda otasi Georg VI o‘rniga Buyuk Britaniya taxtiga o‘tirgan. Toj kiyish marosimi 1953 yilning 2 iyunida bo‘lib o‘tgan.

Foto: Reuters

Beji Kaid as-Sebsiy, 90 yosh. U 2014 yilning 31 dekabridan buyon Tunis prezidenti hisoblanadi.

Foto: AP / Aly Song

Kim Yon Nam, 89 yosh. 1998 yilning 5 sentabridan buyon KXDR Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi. Konstitutsiyaga ko‘ra mamlakatning oliy rahbari.

Foto: AP

Saboh al-Ahmad al-Jabr as-Saboh, 88 yosh. U 2006 yilning 24 yanvarida, amir Jabr al-Ahmad al-Jabr as-Sabohning vafotidan keyin, uning valiahdi, 75 yoshli shahzoda Saad al-Abdulla as-Salom as-Saboh taxtdan voz kechishi tufayli Kuvayt amiriga aylangan.

Foto: Government of Barbados

Filip Grivz, 86 yosh. U 2017 yilning 1 iyulida Barbados general-gubernatori sifatida lavozimga kirishdi.

Raul Kastro, 86 yosh. 2008 yilning 24 fevralida Kuba Davlat kengashi rahbari etib tayinlangan, u 2006 yildan buyon Vazirlar Kengashiga rahbarlik qilgan. 2011 yil aprelidan esa Kuba Kommunistik partiyasi Markaziy kengashi birinchi kotibi.

Foto: AP

Margaret Pindling, 85 yosh. 2014 yilning 8 iyulidan Bahama orollari general-gubernatori.

Kolvill Yang, 84 yosh. 1993 yilning 17 noyabridan buyon Beliz general-gubernatori hisoblanadi.

Foto: AP / Francois Mori

Pol Biyya, 84 yosh. U 1982 yilda Ahmad Axidjoning kutilmaganda iste'fo berishi ortidan Kamerun prezidentiga aylangan. Shundan buyon 8 marta lavozimga qayta saylandi: 1985, 1988, 1992, 1997, 2004, 2007 va 2011 yillarda.

Mavzuga oid