Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saad Haririy Ar-Riyoddan Parijga keldi
Livan sobiq bosh vaziri Saad Hariri Saudiya Arabistonidan Fransiyaga keldi. AFP nashrining manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, u ayni vaqtda Parijda bo‘lib turibdi.
Ikki hafta muqaddam Haririy Ar-Riyodda turib o‘z iste'fosi haqida ma'lum qilgandi.
Livandagi LBCI telekanal Haririy va rafiqasi Parijdagi rezidensiyaga yo‘nalayotgani tasvirlangan kadrlarni namoyish etgan.
Bundan avvalroq Saad Hariry tvitterida shunday yozgandi: «Men Saudiya Arabistonida Livan kelajagi va uning arab olamidagi aloqalari haqida muhokamalar o‘tkazish uchun bo‘ldim. Men bu yerda tutqunlikdaligim, menga mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat berilmayotgani haqidagi gaplar — yolg‘on».
4 noyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lgan Haririy kutilmaganda o‘z iste'fosi haqida e'lon qildi. Saudiyaning «Al-Arabiyya» kanalida efirga uzatilgan nutqida u «Hizbulloh» shialar harakati va Eronni Livan hamda arab olamida nizo keltirib chiqarishda aybladi, shu bilan birga, unga qarshi suiqasd uyushtirilayotgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
«Hizbulloh» harakati yetakchisi Hasan Nasrulloh Haririyning iste'fosi sabablarini Saudiya Arabistonidan izlash kerakligini aytdi, Eron TIV esa Haririyning ayblovlarini asossiz deb atadi. Nasrulloh shuningdek Haririyni iste'foga chiqishga majbur qilishganini va ehtimol, Saudiyada majburlab ushlab turishganini aytgandi.
Mavzuga oid
21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi
10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
23:03 / 23.02.2025
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi
23:07 / 16.02.2025