Sport | 09:25 / 19.11.2017
12432
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonovning “Anderlext”ni sotib olishi mumkinligi tasdiqlanmadi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning vakili bir qator OAVda Usmonov tomonidan Belgiyaning “Anderlext” futbol klubining sotib olinishi mumkinligi haqida paydo bo‘lgan xabarlarga izoh berdi.  

“Usmonov muntazam turli takliflar olib turadi, jumladan “Anderlext” klubini sotib olish taklifini ham olgan. Biroq bu xususda hech qanday qarorlar qabul qilinmagan”, deb aytgan biznesmen vakili “Interfaks” axborot agentligiga. 

“Usmonov “Arsenal” klubining doimiy va haqiqiy muxlisi va aksioneri bo‘lib qolmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan manba.

Avvalroq Usmonov Belgiya klubini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, bitim qiymati 80 mln yevroni tashkil qilishi mumkinligi ma'lum qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid