Sport | 18:40 / 19.11.2017
33896
2 daqiqa o‘qiladi

Bokschi Tete tarixdagi eng tez jangni o‘tkazdi

Foto: twitter.com/Punchoutboxing5

Janubiy afrikalik bokschi Zolani Tete WBO tasnifi bo‘yicha jahon chempioni kamarini qo‘lga kiritdi. Qayd etilishicha, jang boks tarixidagi eng qisqa ring nomi bilan tarixga kirdi. 

Tete o‘z vatandoshi Sibonizo Goniga qarshi ringga ko‘tarilib, uni mag‘lub etishiga 11 soniya kifoya qildi. U chempionlik uchun jangning tez tugashi bo‘yicha jahon rekordini ham o‘rnatdi, deb xabar qilmoqda AFP.

Tete jangning beshinchi soniyasida raqibining boshiga zarba berdi va bundan Gonya qulab tushdi. Hakam sanashni boshladi, ammo sanoqni oltinchi soniyada to‘xtatdi. Chunki Gonya tura olmasligi va unga tibbiy yordam kerakligi kundek ravshan bo‘lgan edi.

Boks jangini muddatidan avval tugatish bo‘yicha avvalgi rekord Daniel Ximenesga tegishli edi. Puertorikalik sportchi WBO tasnifi bo‘yicha 1994 yilda chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan, o‘shanda avstriyalik raqibi Xarald Gayyerni 17 soniyada nokautga uchratgan edi.
 
1993 yili amerikalik Jyerald Maklellan jahon chempionligini 20 soniyada qo‘lga kiritgan edi. 

«Men bu jangga juda jiddiy tayyorlandim. Men bilardim, Gonya uzoq chiday olmasligini», — degan Tete jangdan so‘ng.

Tete WBO tasnifida eng yengil vazn toifasida 2017 yil aprelida g‘alaba qozongan edi. U o‘shanda filippinlik Artur Vilyanuevadan ustun kelgandi. 

Tete, shuningdek, IBF chempionlik kamariga ham ega. 2016 yil iyunida u meksikalik Viktor Ruis ustidan g‘alaba qozongan edi. 

Mavzuga oid